KERAK
IT sohasida rivojlanishni istaydigan, texnik muammolarni tahlil qila oladigan va mijozlar bilan yaxshi muloqot qiladigan texnik xodimni jamoamizga taklif qilamiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
- Foydalanuvchilardan kelib tushadigan texnik murojaatlarni qabul qilish va tahlil qilish;
- Platforma va mobil ilovalardagi xatoliklarni aniqlash;
- Muammoni qayta takrorlash (Step-by-Step Reproduction) va dasturchilarga aniq tavsiflab berish;
- Brauzer DevTools (Console, Network) orqali log va xatoliklarni yig‘ish;
- Foydalanuvchilarga texnik masalalar bo‘yicha maslahat berish;
- Platformadagi e’lonlar va kontentni tekshirish, qoidabuzarliklarni aniqlash;
- Aniqlangan muammolarni Jira, Bitrix24 yoki boshqa tiket tizimlariga kiritish;
- Zarur holatlarda dasturchilar va boshqa texnik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish.
TALABLAR:
O‘zbek tili — ravon og‘zaki va yozma;
Rus tili — ravon og‘zaki va yozma;
Ingliz tili — texnik hujjatlar, loglar
Texnik ko‘nikmalar:
Kompyuterda yaxshi ishlash;
Excel / Google Sheets bilan ishlay olish;
- Brauzer DevTools: Console va Network bilan ishlash;
- Android/iOS mobil ilovalaridan foydalanish;
- Jira, Bitrix24 yoki boshqa tiket/CRM tizimlari bilan ishlash;
- Texnik xatoliklarni aniq va tushunarli tarzda yozma shaklda ta’riflay olish;
- Loglarni o‘qish va tahlil qilish bo‘yicha boshlang‘ich bilim.
AFZALLIK BERADI:
- Call-markaz, texnik support, marketplace yoki moderatsiya sohasida tajriba;
- IT bo‘yicha ta’lim yoki tugatilgan IT-kurslar;
- SQL asoslari (SELECT so‘rovlari);
- Python yoki JavaScript asoslari;
- Git bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
- Sentry, Grafana kabi monitoring va log tizimlari bilan tanishish.
MUHIM:
- Diqqatli va mas’uliyatli bo‘lish;
- Fake va qoidabuzar kontentni tez aniqlay olish;
- Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish;
- Maxfiy ma’lumotlarni himoya qila olish;
- NDA (maxfiylik shartnomasi) bilan ishlashga tayyor bo‘lish;
- Stressli va konfliktli vaziyatlarda bosiqlikni saqlash;
- Jamoada ishlay olish.
BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ?
Agar siz IT sohasiga qiziqsangiz, texnik muammolarni o‘rganishdan qo‘rqmasangiz va kelajakda QA, Support Engineer, System/Business Analyst yoki boshqa IT yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Rezyumeni yuboring:
991421025
Ish joyi: Amir Temur metro
Maosh: 700$+
Ish grafigi: to'lliq jadval 6/1