Abozor
Tashkent, Uzbekistan6 days ago
🔥 Maosh: Tajribaga qarab kelishiladi
Kompaniya: Abozor
Ish turi: Ofisda (Toshkent), Toʻliq stavka, 5/2
Tajriba: 2-4 yil
Loyiha haqida: Abozor — Toshkentdagi avtomoyka tarmogʻi (15+ lokatsiya), avtoservis va kelajakdagi EV zaryadlash loyihasi. Loyiha 50 000 dan ortiq mijoz bazasiga ega mustaqil Loyalty platformasini noldan qurish va rivojlantirishga qaratilgan.
Asosiy vazifalar: • Loyalty servisini ishlab chiqish va rivojlantirish (mijozlar, cashback, promokodlar) • Mobil ilova va ichki tizimlar uchun REST API loyihalash va yozish • Ichki ERP tizimi (Java) hamda tashqi toʻlov provayderlari bilan integratsiya qilish • Bir nechta manbadan kelgan toʻlov maʼlumotlarini yagona bazaga yigʻuvchi pipeline qurish • Arxitektura qarorlarida faol ishtirok etish
Talablar: • FastAPI yoki Django hamda PostgreSQL bilan ishonchli ishlash • Yaxshi SQL — murakkab soʻrovlarni yoza va oʻqiy olish • REST API loyihalash va integratsiya tajribasi • Git, Docker, CI/CD bilan tanishlik • Moliyaviy tranzaksiyalar, idempotentlik va audit boʻyicha eʼtiborli boʻlish • Kundalik ish uchun oʻzbek va rus tillari, texnik hujjatlar uchun ingliz tili
Qoʻshimcha afzallik: • Mahalliy toʻlov tizimlari (Click, Payme, Uzum) bilan tajriba • Navbat tizimlari (Kafka, RabbitMQ) • BI vositalari uchun maʼlumot modellarini tuzish • Fintex yoki chakana savdo sohasidagi tajriba
RocketHunt estimate from real salaries
Grade
Middle
Experience
2-4 years
Work Format
Onsite
Employment
Full-time
English Level
B2 - Upper-Intermediate
AI writes it from your resume. You only have to send it.